logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Muhammad Saloh o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotdi. U yozda «Liverpul»ni tark etishi mumkin

 22 MART, 2026, 08:00

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh yaqin kelajakda, aniqrog'i yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda talkSPORT jurnalisti Pol Smit xabar berdi.

Manbaga ko'ra, misrlik futbolchi hozirda o'ziga bo'lgan ishonch bilan bog'liq muammolarga duch kelgan. Jurnalistning ta'kidlashicha, bunday holatlarda o'yinchiga ortiqcha bosim o'tkazmaslik kerak.

Smit Salohning o'yin uslubini eslab, u hatto unchalik yaxshi o'ynamagan paytlarida ham hal qiluvchi va go'zal gollar ura oladigan futbolchi ekanini qayd etdi. Uning fikricha, bu kabi sifatlar futbolchining tabiatida bor.

Shuningdek, u har qanday sportda muayyan bosqich yakunlanishi oldidan ayrim belgilar paydo bo'lishini ta'kidlab, Saloh bilan bog'liq holat aynan shunday jarayonga o'xshashini aytdi.

Jurnalist so'zlariga ko'ra, bu tabiiy holat bo'lib, ayniqsa Saloh kabi yoshi kattaroq futbolchilar uchun bu oddiy jarayon hisoblanadi. U so'nggi 6–7 yil davomida «Liverpul» uchun beqiyos xizmat qilgani alohida qayd etildi.

Shu bois, agar bu Salohning mersisaydliklar safidagi faoliyati yakuniga aylanayotgan bo'lsa, muxlislar uning klubdagi qolgan vaqtlaridan zavq olishlari kerakligi ta'kidlanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ