Liga 1. «PSJ» bir kishi kam bo'lib qolgan «Nitstsa»ni tor-mor keltirdi (videosharh)
22 MART, 2026, 07:48
Frantsiya chempionati 27-turidan o'rin olgan uchrashuvda «Nitstsa» o'z maydonida «PSJ»ni qabul qildi. "Alyants Rivera" stadionida bo'lib o'tgan bahs mehmonlarning 4:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo'lim so'nggi daqiqalarida parijliklar oldinga chiqib olishdi — 42-daqiqada himoyachi Nunu Mendesh hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng 49-daqiqada Dezire Due ustunlikni ikki baravarga oshirdi.
Uchrashuvning burilish nuqtasi 61-daqiqada ro'y berdi: «Nitstsa» himoyachisi Yussuf Ndayishimiye to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Shundan so'ng «PSJ» ustunligini yanada oshirdi — 81-daqiqada Dro Fernandes uchinchi golni urdi, 85-daqiqada esa Uorren Zair-Emeri yakuniy hisobni o'rnatdi.
Mehmonlar darvozaboni Matvey Safonov butun o'yin davomida ishonchli harakat qilib, o'z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Ushbu g'alabadan so'ng «PSJ» 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. «Nitstsa» esa 27 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.
Frantsiya — Liga 1, 27-tur
21 mart 2026 yil. Nitstsa. "Alyants Rivera"
«Nitstsa» — «PSJ» 0:4
Gollar: 0:1 — Nunu Mendesh (42), 0:2 — Dezire Due (49), 0:3 — Dro Fernandes (81), 0:4 — Uorren Zair-Emeri (85)
Chetlatish: Yussuf Ndayishimiye (61, qizil kartochka)
