"Bavariya" 54 yillik tarixiy natijani yangilash arafasida
21 MART, 2026, 22:18
«Bavariya» Bundesliganing joriy mavsumida o'z gollari sonini 97 taga etkazib oldi.
Vensan Kompani jamoasi chempionatning 27-turi doirasida «Union»ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Myunxenliklarga Bundesligadagi shaxsiy rekordlarini takrorlash uchun atigi 4 ta gol qoldi — jamoa 1971/72 yilgi mavsumda raqiblar darvozasiga jami 101 ta to'p kiritgan edi.
