logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ekitikening jarohati bo'yicha birinchi ma'lumotlar paydo bo'ldi

 21 MART, 2026, 22:12

«Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike Angliya chempionatining 31-turi doirasida «Brayton»ga qarshi kechgan bahsning ilk daqiqalaridayoq almashtirilgan edi. Foot Mercato jurnalisti Santi Aunaning xabar berishicha, hozircha hammasi dastlab ko'ringanchalik jiddiy emas. Ekitike sonidan kuchli zarba qabul qilib olgan — unda lat eyish aniqlangan.

Shu bilan birga, 23 yoshli Ekitikening holati bo'yicha yakuniy va aniq ma'lumotlar qo'shimcha tibbiy ko'riklardan so'ng ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Dide Desham Ugo Ekitikeni Frantsiya terma jamoasining mart oyidagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatiga kiritgan edi. Ushbu yig'in doirasida frantsuzlar Braziliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ