logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

35 yoshli Uelbek "ikkinchi yoshligi"ni o'tkazmoqda

 21 MART, 2026, 21:54

«Brayton» o'z maydonida «Liverpul» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonib, muxlislarini xushnud etdi. Uchrashuvning bosh qahramoni «chaykalar»ning tajribali hujumchisi Danni Uelbek bo'ldi. U janubliklarning har ikkala goliga mualliflik qilib, har bir bo'limda bittadan to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Endilikda 35 yoshli Danni Uelbek hisobida joriy Angliya chempionatidagi gollar soni 12 taga etdi. Uelbek Premer-ligada o'zining 18-mavsumini o'tkazmoqda, biroq aynan joriy mavsum hujumchi uchun faoliyatidagi eng sermahsul yil bo'lmoqda.

Qizig'i shundaki, Uelbekning APLda gollar soni bo'yicha bundan oldingi eng yaxshi natijasi o'tgan mavsumga to'g'ri kelgan edi. O'shanda Danni raqiblar darvozasiga 10 ta gol urgandi.

Shuni ta'kidlash joizki, Danni Uelbek faoliyati davomida jarohatlardan ko'p aziyat chekkan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ