logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fayzullaev va Ibrohimxalil Yo'ldoshevning terma jamoa qaydnomasiga kiritilmagani sababi ma'lum bo'ldi

 21 MART, 2026, 21:42

O'zbekiston milliy terma jamoasi 22 martdan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlaydi. Fabio Kannavaro FIFA Series uchun jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilganidan xabaringiz bor.

Kengaytirilgan ro'yxatdan o'rin olgan futbolchilarimiz — Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullaev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Abdulla Abdullaev, Alibek Davronov va Husayn Norchaev jarohati tufayli yig'inni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Milliy Jamoa FIFA Series doirasida 27 mart kuni Gabon, 30 mart kuni esa Venesuelaga qarshi maydonga tushadi. O'yinlar “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ