logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. "Bavariya" "Union" darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi

 21 MART, 2026, 21:36

Germaniya Bundesligasining 27-turi doirasida «Bavariya» o'z maydonida Berlinning «Union» jamoasini qabul qilib, 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda Serj Gnabri dubl qayd etdi. U 45+1 va 67-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Myunxenliklarning qolgan gollariga Maykl Olise (43-daqiqa) va Xarri Keyn (49-daqiqa) mualliflik qilishdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Bavariya» 70 ochko bilan Bundesliga jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Union» esa 31 ochko bilan turnir jadvalida o'ninchi o'rinni egallab turibdi.

Germaniya Bundesligasi. 27-tur
21.03.2026 | 19:30
«Alyants Arena», Myunxen

«BAVARIYa» — «UNION BERLIN» — 4:0
Gollar: Maykl Olise 43 (1:0), Serj Gnabri 45+1 (2:0), Harri Keyn 49 (3:0), Serj Gnabri 67 (4:0).

«Bavariya»: Urbig, Upamekano (Rafael Gerreyru, 61), Kim Min Dje (Ito, 71), Laymer, Stanishich, Kimmix, Goretska (Osmani, 87), Karl (Bishof, 61), Gnabri (Kardozu, 87), Olise, Keyn.

«Union Berlin»: Rennov, Kverfeld, Nsoki (Rote, 46), Duki, Kemlyayn (Chon U En, 61), Xedira, Xaberer, Ken, Trimmel (Yuranovich, 76), Burdju (Kral, 61), Skarke (Ilich, 46).

Ogohlantirishlar: Upamekano (3) — Kverfeld (30), Duki (37).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ