logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. "Bayer" "Xaydenxaym" bilan jangovar durang o'ynadi

 21 MART, 2026, 21:36

Germaniya Bundesligasining 27-turi doirasida «Bayer» safarda «Xaydenxaym» bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuv davomida «Bayer» avvaliga 2:0, keyinroq esa 3:2 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq g'alabani saqlab qola olmadi.

Leverkuzenliklar tarkibida Patrik Shik dubl qayd etdi (35 va 79-daqiqalar). Yana bir golga Malik Tillman (22-daqiqa) mualliflik qildi.

Mezbonlar safida Marvin Piringer dublga erishdi (72-daqiqada penaltidan va 85-daqiqada). Shuningdek, Xennes Berens (56-daqiqa) bir bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Germaniya Bundesligasi. 27-tur
21.03.2026 | 19:30
«Voith-Arena», Xaydenxaym

«XAYDENXAYM» — «BAYER» — 3:3
Gollar: Malik Tillman 22 (0:1), Patrik Shik 35 (0:2), Kevin Berens 56 (1:2), Marvin Piringer 72-pen (2:2), Patrik Shik 79 (2:3), Marvin Piringer 85 (3:3).

«Xaydenxaym»: Ramay, Gimber (Ferenbax, 46), Maynka, Berens, Bush, Sheppner (Nixyus, 46), Dorsh (Bek, 84), Kerber (Piringer, 65), K. Konte (S. Konte, 65), Dinkchi, Zivzivadze.

«Bayer»: Flekken, Kuansa, Andrix (Kofane, 87), Grimaldo, Kalbret, Garsiya (Fernandes, 82), Palasios, Tillman (Ermann, 83), Poku (Terre, 46, Tella, 54), Maza, Shik.

Ogohlantirishlar: Sheppner (25), Kerber (64), Bek (90), Bush (90) — Shik (39), Garsiya (74), Maza (83), Kuansa (89).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ