logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Lans" "PSJ"ga qarshi o'yin ko'chirilishini istamayapti

 21 MART, 2026, 18:30

Frantsiya chempionatining 11 aprelga belgilangan «PSJ» va «Lans» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi parijliklarning Chempionlar ligasidagi ishtiroki tufayli boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin. Luis Enrike shogirdlari musobaqaning chorak finali doirasida 8 va 14 aprel kunlari «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.

Bundan avval ham «PSJ» evrokuboklarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishi uchun «Nant» bilan o'yin sanasi surilgan edi.

«Lans» bosh murabbiyi Per Saj o'yinning yana qoldirilishiga qat'iyan qarshi chiqdi. Uning ta'kidlashicha, jamoa bir nechta turnirda ishtirok etayotgan bo'lsa-da, jadval bo'yicha o'ynashi kerak va hech qanday imtiyozlarga ega bo'lmasligi lozim, deb xabar bermoqda GFFN.

«Anje» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng «Lans» 59 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi, biroq «PSJ»da (57 ochko) zaxirada ikkita o'yin mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ