logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" Salohdan keyin Ekitikeni yo'qotdi

 21 MART, 2026, 18:18

«Liverpul» Premer-liga doirasida «Brayton»ga qarshi safarda bahs olib bormoqda. Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq mersisaydliklar hujumchisi Ugo Ekitike jarohat oldi. Frantsiyalik futbolchi o'yinni davom ettira olmadi va uning o'rniga shoshilinch ravishda yarim himoyachi Kyortis Jons maydonga tushdi. Ushbu majburiy o'zgarish o'yinning sakkizinchi daqiqasidayoq amalga oshirildi.

Yaqin vaqt ichida Ekitike tibbiy ko'rikdan o'tishi aniq. Aytish mumkinki, hujumchi Frantsiya terma jamoasining mart oyidagi yig'inlariga bora olmaydigan ko'rinadi.

Eslatib o'tamiz, jarohati sababli Muhammad Saloh ham shanba kungi bahsda «Liverpul»ga yordam bera olmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ