logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bu ikki qadam orqaga bo'lardi". Sen-Deni nega Oq uyda CHendler bilan jangdan voz kechganini aytdi

 21 MART, 2026, 15:32

UFC reytingida beshinchi o'rinda turgan franciyalik Benua Sen-Deni Oq uyda o'tkazilishi rejalashtirilgan turnirda amerikalik Maykl CHendlerga qarshi jangdan voz kechganini malum qildi.

"Dastin Pore bilan jangdan keyin (UFC 299) men qiziqarli chaqiriqlar izlay boshladim. Men anderdog bo'lishni xohlayman, shunda odamlar: “Bu jang Benua uchun sinov. Agar u bu raqibni engsa, demak, u elitaga kiradi va chempion bo'lish salohiyati bor”, deyishadi.

Bunday etirofni Arman Carukyan, CHarlz Oliveyra yoki Iliya Topuriyaga qarshi jangda olishim mumkin edi. Maykl CHendler bilan esa buni qo'lga kiritish qiyinroq, chunki men yaqinda reytingda yuqoriroq turgan to'rt nafar jangchini mag'lub etdim. Endi esa bu turnir uchun ikki qadam orqaga tashlashimga to'g'ri keladi.

Albatta, Oq uyga borib, u erda juda mashhur bo'lgan “Kapitan Amerika” bilan jang qilish jozibali edi. Qolaversa, iyun oyida jangga 100% tayyor bo'lishimga ham ishonchim komil emas", — dedi Sen-Deni RMC Sport’ga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ