logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xulian Alvares Angliyaga qaytishi mumkin

 21 MART, 2026, 14:30

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, «Arsenal» va «Chelsi» skautlari Chempionlar ligasi doirasidagi «Atletiko» va «Tottenxem» uchrashuviga tashrif buyurib, argentinalik futbolchining o'yinini bevosita kuzatishgan. Ushbu bahs «Tottenxem»ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa-da, ikki o'yin natijasiga ko'ra Ispaniya jamoasi keyingi bosqichga yo'l oldi.

Manbaning ta'kidlashicha, Alvares allaqachon «Atletiko» rahbariyatiga transferga tayyorligini ma'lum qilgan, biroq u ko'proq «Barselona»ga o'tishni istamoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchi avvalroq Angliyada «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ