logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" niderlandiyalik iqtidor uchun kurashda "Arsenal", "Liverpul" va "MYu"dan oldindi

 21 MART, 2026, 13:18

«AZ Alkmaar» markaziy yarim himoyachisi Kes Smit faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 20 yoshli futbolchini «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari faol kuzatib bormoqda. Biroq, iste'dodli futbolchi uchun kurashda «Real» etakchilik qilayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Smit barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va sakkizta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt internet-portali mutaxassislari yarim himoyachining qiymatini 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ