logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yunayted"ga "Barsa"ning taklifi yoqmadi

 21 MART, 2026, 13:12

«Barselona» «Manchester Yunayted»ga hujumchi Markus Reshfordning ijara muddatini uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar Reshfordni yana bir mavsumga ijaraga olib, keyinchalik — 2027 yilda sotib olmoqchi bo'lgan. Biroq «qizil iblislar» bu taklifga rad javobini bergani aytilmoqda. Angliya grandi «Barselona» bilan bu borada muzokara o'tkazish niyati yo'qligini va agar «ko'k-anorranglilar» Reshfordni o'z safida ko'rishni istasa, ijara shartnomasida ko'rsatilganidek, kelayotgan yozda 30 million evro evaziga uni sotib olishlari kerakligini aniq tushuntirib qo'ygan.

28 yoshli Reshford «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda ishtirok etdi, 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ