Alisson jarohat sabab Braziliya yig'inini o'tkazib yuboradi
21 MART, 2026, 13:06
Braziliya futbol konfederatsiyasi saytida darvozabon Alissonning jarohati borasida ma'lumot e'lon qilindi. «Liverpul» a'zosi Braziliya terma jamoasi ixtiyoriga etib bora olmaydigan bo'ldi.
Qayd etilishicha, milliy jamoada jarohat olgan Alissonning o'rnini klub miqyosida «Korintians» sharafini himoya qilayotgan Ugo Souza egallaydi.
Braziliya terma jamoasi navbatdagi yig'in doirasida Frantsiya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Bugun, 21 mart shanba kuni «Liverpul» Premer-liga doirasida safarda «Brayton» mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi. Ko'rinib turibdiki, Alisson ushbu bahsda «qizillar»ga yordam bera olmaydi.
