logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» yulduzi faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

 21 MART, 2026, 13:00

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o'tkazmoqda.

Angliyalik futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Atalanta»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (4:1) dublni rasmiylashtirdi: 25-daqiqada forvard penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, 54-daqiqada o'yin vaziyatidan ikkinchi golini urdi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, Keynning joriy mavsumda barcha turnirlarda urgan gollari soni 47 taga etdi — bu uning shaxsiy rekordidir. Bundan tashqari, aynan myunxenliklar yulduzi Evropaning kuchli beshlik chempionatlari to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Bunday ko'rsatkichga erishish uchun Xarri Keynga bor-yo'g'i 39 ta o'yin kifoya qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ