Bernardu Silva pul yoki karerani tanlashi kerak
21 MART, 2026, 12:48
«Manchester Siti» sardori Bernardu Silvaning «Yuventus»ga o'tishi borasida xabarlar tarqalmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, Turin klubi shartnomasi shu yozda yakuniga etadigan portugaliyalik futbolchiga allaqachon aniq taklif bilan chiqqan.
Biroq taniqli insayder Ben Jeykobsning ta'kidlashicha, bu ma'lumot unchalik to'g'ri emas: «keksa sinora» haqiqatan ham futbolchini taklif qilishga jiddiy qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha hech qanday rasmiy taklif yuborilmagan.
Silvaning «Manchester Siti» bilan shartnomani uzaytirishi amrimahol. 31 yoshli futbolchiga Evropaning boshqa klublaridan ham da'vogarlar bor, shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionati vakillari tomonidan ham qiziqish mavjud.
