logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fernandesh "Barselona" futbolchisi bilan birga mavsumning eng sermahsul yarim himoyachisi bo'lib turibdi

 21 MART, 2026, 12:42

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh joriy mavsumda Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng sermahsul yarim himoyachilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.

Portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda jami 28 ta golda bevosita ishtirok etdi — uning hisobida 11 ta gol va 17 ta assist mavjud. The Touchline nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Fernandesh shu paytgacha reytingni boshqarib kelayotgan «Barselona» a'zosi Fermin Lopesga etib oldi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi ham 12 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilib, 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Juma kuni Brunu Fernandesh Premer-liga doirasida «Bornmut»ga qarshi kechgan safar o'yinida (2:2) penaltini aniq ijro etdi. Ta'kidlash joizki, «qizil iblislar»ning 31 yoshli xavbegi bu mavsumda allaqachon olti bor 11 metrlik nuqtadan unumli foydalandi, Fermin esa barcha gollarini faqat o'yin vaziyatidan kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ