logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» yulduzi jarohatdan so'ng psixologik qiyinchiliklarga duch keldi

 21 MART, 2026, 12:36

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi yaqinda navbatdagi jarohatidan so'ng safga qaytdi.

21 yoshli futbolchi o'tgan yilning avgust oyida safdan chiqqan edi. Ispaniyalik futbolchi tizzasidan operatsiya qilindi va faqat mart oyiga kelibgina maydonga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Jurnalist Xavi Kamposning xabar berishicha, xavbek reabilitatsiya davrida jarohat qaytalanishidan qo'rqqan. Futbolchida jiddiy shubhalar bo'lgan: u boshqa yuqori darajada o'ynay olmaslikdan xavotirga tushgan. Vaziyat hatto kuchaygan bezovtalik fonida psixologik muammolargacha borib etgan.

Gavining qaytishi La Liganing o'tgan turidagi «Sevilya»ga qarshi bahsda yuz berdi — u uchrashuv yakunida zaxiradan maydonga tushdi.

Yakshanba kuni «Barselona» o'z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ