Fernandesh APLdagi samaradorlik bo'yicha Eden Azardan o'zib ketdi
21 MART, 2026, 12:30
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya premer-ligasidagi samarali harakatlari bo'yicha «Chelsi»ning sobiq yulduzi Eden Azarni ortda qoldirdi.
«Qizil iblislar» sardori juma kuni «Bornmut»ga qarshi kechgan bahsda penaltini aniq amalga oshirdi. The Touchline nashrining xabar berishicha, endi Fernandesh hisobida Angliya chempionatidagi 137 ta golli harakat mavjud — bu Azarnikidan bittaga ko'p demakdir. Shu bilan birga, portugaliyalik futbolchi belgiliyalikka qaraganda 22 ta kam o'yin o'tkazgan.
Eden Azar 2012 yildan 2019 yilgacha «Chelsi» sharafini himoya qilgan. Brunu Fernandesh esa 2020 yil boshidan buyon «Manchester Yunayted»da o'ynamoqda. Yaqinda xavbek APLning bitta mavsumida golli uzatmalar berish bo'yicha mankunianliklarning klub rekordini o'rnatdi — 16 ta assist.
