logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» jiddiy yo'qotishga uchradi

 21 MART, 2026, 12:18

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh jarohat tufayli safdan chiqdi. Misrlik futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Istanbulning «Galatasaroy» klubiga qarshi kechgan javob o'yinida (4:0) shikastlangan.

Mersisayd klubining rasmiy saytida xabar berilishicha, yulduzli forvardning tiklanish muddati taxminan ikki haftani tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, «Galatasaroy» bilan bo'lgan yaqindagi bahsda Saloh 74-daqiqada almashtirilgan edi. Ushbu uchrashuvda hujumchi bitta gol urdi va bitta assistni amalga oshirdi.

Joriy mavsumda Muhammad «qizillar» safida 34 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi o'z hisobiga o'nta gol va to'qqizta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ