logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» safida yana bir Torres paydo bo'lishi mumkin

 21 MART, 2026, 12:18

Birmingemning «Aston Villa» klubi himoyachisi Pau Torres tumanli Albionni tark etib, Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Estadio Deportivo portali jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, futbolchi Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasida turibdi. Bundan tashqari, «ko'k-anorranglilar»ning potentsial yangi o'yinchilari ro'yxatidan Dortmundning «Borussiya» klubi a'zosi Niko Shlotterbek ham joy olgan.

«Barsa» uchun ushbu pozitsiyadagi ustuvor variant Milanning «Inter» klubi himoyachisi Alessandro Bastoni hisoblanadi. Biroq kataloniyaliklar tovon pulining yuqoriligi sababli uning transferidan voz kechishlari mumkin.

Joriy mavsumda Torres 26 ta bahsda maydonga tushdi. Uning bozor qiymati 22 million evroga baholanmoqda, shartnomasi esa 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ