«Everton» o'z yulduzini sotishga tayyor
21 MART, 2026, 12:12
«Everton»ning 27 yoshli yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xoll faoliyatini Angliya premer-ligasining boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, xavbek uchun «Manchester Yunayted» va «Aston Villa» klublari kurashadi. «Everton»ga kelsak, «irislar» rahbariyati agar yarim himoyachi uchun taxminan 50 million evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Dyusberi-Xoll 23 ta bahsda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga oltita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
