«Atletiko» Ederson uchun 40 million evro sarflashga tayyor: «Atalanta» o'z shartini aytdi
21 MART, 2026, 12:06
Madridning «Atletiko» klubi «Atalanta» yarim himoyachisi Ederson bo'yicha taklif kiritdi. «Matraschilar» 35 mln evro sarflashga tayyor.
Bundan tashqari, Italiya klubi turli bonuslar ko'rinishida yana besh million evro olishi mumkin.
Insayder Alfredo Pedullaning ma'lumotiga ko'ra, «Atalanta» futbolchi bilan xayrlashishga tayyor va taklif etilgan shartlar ularni qoniqtiradi, biroq bergamoliklar barcha 40 mln evroni darhol olishni istamoqda.
Shuningdek, «Atletiko» Edersonni hujumchi Ademola Lukman bilan birga hali qishki transfer oynasidayoq sotib olmoqchi bo'lgani, ammo buning iloji bo'lmagani ma'lum bo'ldi.
2025/2026 yilgi mavsumda Ederson 32 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 40 mln evroni tashkil etadi.
