"Nyukasl Yunayted" xavbeki APLning boshqa klubiga o'tishi mumkin
21 MART, 2026, 09:06
"Nyukasl Yunayted" yarim himoyachisi Sandro Tonali Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchiga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.
Uchala klub ham yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida italiyalik yarim himoyachi uchun kurashishni rejalashtirmoqda. "Zag'izg'onlar" o'z yulduzi uchun taxminan 100 million evro so'ramoqda.
