Entso Fernandes «Chelsi»dan ketadimi? Liam Rosenor argentinalik yulduz bilan suhbat tafsilotlarini ochiqladi
20 MART, 2026, 20:06
«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor yarim himoyachi Entso Fernandesning kelajagi borasida to'xtalib o'tdi.
Yaqinda argentinalik futbolchi klubdagi keyingi faoliyati haqidagi savolga aniq javob bermay, ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarni avj oldirgan edi.
«Biz Entso bilan juda yaxshi suhbatlashib oldik. U klubimizda baxtli ekanligini ochiq-oydin bildirdi», — deya Rosenorning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
25 yoshli xavbek uchun asosiy da'vogar Madridning «Real» klubi hisoblanmoqda, shuningdek, «PSJ»ning qiziqishi haqida ham ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Jahon chempionining «ko'klar» bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan, uning qiymati esa Transfermarkt portali tomonidan 90 mln evroga baholanmoqda.
