logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Iraola Kerrik "MYu"ni qanday o'zgartirganini aytib berdi

 20 MART, 2026, 19:18

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Manchester Yunayted» amaldagi ustozi Maykl Kerrik qo'l ostida nimaning hisobiga o'sishga erishgani haqida so'zlab berdi.

Ingliz mutaxassisi yanvar oyida iste'foga chiqarilgan Ruben Amorimning o'rnini egallab, «qizil iblislar»ning vaqtinchalik boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan edi. Murabbiylar almashinuvidan so'ng jamoa to'qqizta o'yindan ettitasida g'alaba qozondi va Premer-liga turnir jadvalining uchinchi pog'onasida mustahkam o'rnashib oldi.

«Shubhasiz, hozirda «MYu»da hammasi ko'ngildagidek kechmoqda va gap faqat natijalarda emas. Kerrik davrida jamoa mudofaada sezilarli darajada o'sdi, hujumda esa Amorim davridagi yuqori darajani saqlab qoldi. Endilikda ular raqiblarga ochiqcha golli vaziyatlar yaratishga kamdan-kam imkon berishmoqda, vaholanki, ilgari bu borada muammolar bor edi», — deya ta'kidladi Iraola matbuot anjumanida.

Juma kuni Angliya chempionatining 31-turi doirasida «Bornmut» o'z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ