logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Gimaraesni faqat bir shart bilan o'z safiga qo'shib olishi mumkin

 20 MART, 2026, 19:12

«Nyukasl» yarim himoyachi Bruno Gimaraesning transferi bo'yicha «Manchester Yunayted»ga yon bosmaydi.

«Qizil iblislar» braziliyalik futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi, biroq o'yinchining narxi jiddiy muammoga aylanishi mumkin. ESPN nashrining xabariga ko'ra, «qarg'alar» faqat mankunianliklar 75–80 mln evro taklif qilgan taqdirdagina sotuvga rozilik berishadi. Hozirgi vaqtda tomonlar kelishuvga erishishdan ancha yiroq.

Mashhur Transfermarkt portali Bruno Gimaraesning qiymatini 75 mln evroga baholamoqda. Avvalroq, agar jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasa, 28 yoshli futbolchi mavsumlar oralig'ida «Nyukasl»ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ