Insayder "Manchester Yunayted"ning Luis Enrikeni o'z tomoniga og'dirish imkoniyatlarini baholadi
20 MART, 2026, 19:12
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Manchester Yunayted»ning qiziqishlari doirasiga tushdi. Angliya grandi mashhur ispaniyalik mutaxassisni shu yozda amaldagi shartnomasi yakuniga etadigan Maykl Kerrikning o'rniga nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» uchun yaqinlashib kelayotgan mavsumlar oralig'ida Enrikeni o'z tomonlariga og'dirib olish o'ta qiyin kechadi: hatto mutaxassisning o'zida bunday imkoniyatga qiziqish tug'ilgan taqdirda ham, Parij klubi rahbariyati uning ketishini deyarli aniq bloklab qo'yadi.
Enrikening «PSJ» bilan kelishuvi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Manbaning ta'kidlashicha, murabbiyda uzoq muddatli istiqbolda Premer-ligada o'z kuchini sinab ko'rish istagi mavjud.
