logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot: «Bu futbolni o'ldiradi»

 20 MART, 2026, 19:06

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot futbolchilarning maydonda tez-tez simulyatsiya ishlatishidan norozi.

«Bu mavsumda meni eng ko'p g'azablantirayotgan narsa — jamoalarning bu erga faqat tinmay yiqilish, vaqt cho'zish va o'zlarini jarohat olgandek ko'rsatish uchun kelayotganidir. «Galatasaroy»ga qarshi o'yinda raqib futbolchilari birinchi bo'limning o'zidayoq maydonda 14 marta yiqilishdi. Bu o'yin sur'atini butunlay o'ldiradi. Mana nima uchun men o'zimni shunday tutdim. Barchaga etkazmoqchiman: biz futbolda bunday holatlarni qabul qila olmaymiz. Biz futbolni himoya qilishimiz kerak va uning bu yo'nalishda ketishiga yo'l qo'ymasligimiz lozim», — deya Slotning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.

Seshanba oqshomida «Liverpul» o'z maydonida «Galatasaroy»ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ