logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" himoyachi uchun "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" bilan kurashadi

 20 MART, 2026, 19:00

«Ayntraxt Frankfurt» jamoasining chap qanot himoyachisi Nataniel Braun Evropa grandlari e'tiborida. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, 22 yoshli futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatlarini «Real Madrid», «Barselona», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari ko'rib chiqmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 60 mln evroga baholanmoqda.

Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida Nataniel Braun 25 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Futbolchining «Ayntraxt» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Frankfurtliklar 26 turdan so'ng 38 ochko jamg'argan holda Germaniya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turishibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ