logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Farid Alibabazade Toshkentda Temirovni mag'lub etgan sportchi bilan jang qiladi

 20 MART, 2026, 18:48

25 aprel kuni "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 2 turniri bo'lib o'tadi.

Musobaqaning navbatdagi bellashuvi elon qilindi.

Eng engil vazn toifasida Qozog'istonning Octagon League tashkiloti sobiq chempioni, ozarbayjonlik Farid Alibabazade turnir doirasida Qirg'iziston vakili Irisbek Tilenov bilan bahs olib boradi.

31 yoshli Farid karerasi davomida shu kungacha 23 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U 2024 yil dekabr oyida hamyurtimiz Anvar Abdullaevga mag'lub bo'lib, Octagon League chempionlik kamaridan ayrilgan edi. 

Irisbek Tilenov hisobida esa 6 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor. U UFC jangchisi Ramazon Temirovning ukasi Azizbek Temirovdan ustun kelgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ