logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Ular o'zlaridan xafa bo'lishlari kerak" - Mayk Tayson bokschilarni faol bo'lmagani uchun tanqid qildi

 20 MART, 2026, 17:32

Xalqaro boks shon-shuhrat zalining 59 yoshli azosi, sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson bugungi kun bokschilarini faol bo'lmayotganlikda aybladi.

"Hozir boshqa bokschilar men haqimda o'ylashlari kerak: qanday qilib bu yigit 60 yoshida yana barcha rekordlarni yangilay oladi!? Ular o'zlaridan hafsalalari pir bo'lishi kerak. Ular yiliga bir-ikki marta urishishadi. Ularni hech kim bilmaydi. Ularning ortida qandaydir tarix qolishi kerak-ku!", - deya Taysonning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Mayk Taysonning professional rekordi 50 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyatdan iborat. Yana ikki jang o'tkazilmagan deya topilgan. Temir Mayk superog'ir vazn toifasida eng yosh mutlaq jahon chempioni, shuningdek, o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarining ikki karra g'olibi hisoblanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ