Zirkzee A Seriyaga qaytishni istaydi
20 MART, 2026, 10:00
"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishga tayyor.
Niderlandiyalik futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. 24 yoshli futbolchi Italiyaga qaytishni istaydi.
"Yuventus", "Milan" va "Napoli" hujumchiga qiziqish bildirishdi, ammo A Seriyaning uchta klubi faqat ijaraga olishni ko'rib chiqmoqda.
Shuningdek, Angliya Premer-ligasi klublari orasida Joshua Zirkzeega bo'lgan talab endi avvalgidek emasligi ta'kidlandi.
Sobiq "Bolonya" futbolchisining narxi 22 million evroni tashkil qiladi.
