logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shirer «Arsenal»ning to'rtta sovrin yutish ehtimolini baholadi

 20 MART, 2026, 09:24

Mashhur sobiq futbolchi Alan Shirer Londonning «Arsenal» klubining joriy mavsumdagi barcha turnirlarda g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

«Kanonirlar» ilk sovrinni shu yakshanba kuniyoq qo'lga kiritishlari mumkin — shu kuni «Manchester Siti»ga qarshi Liga kubogi finali bo'lib o'tadi.

«Agar «Arsenal» Liga kubogi finalida g'alaba qozonsa, «kvadrupl» (to'rtta sovrin) istiqboli haqiqatga aylanishi mumkin. Ehtimol, bu «Siti» uchun ham biror sovrin yutishning so'nggi imkoniyati bo'lar, shu bois bu har ikki jamoa uchun o'ta muhim o'yindir. Ha, agar Liga kubogini qo'lga kiritishning uddasidan chiqishsa, «Arsenal»ning «kvadrupl»i haqidagi gap-so'zlar yanada ko'payishi aniq», — deya Shirerning so'zlarini keltirmoqda Arsenal Radar.

Mikel Arteta va Xosep Gvardiola jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ