logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius faqat Ronaldu va Benzemadan ortda qolmoqda

 20 MART, 2026, 09:06

Yaqinda Vinisius Junior Madridning «Real» klubiga «Manchester Siti»ni mag'lub etishda va Chempionlar ligasining 1/4 finaliga yo'l olishda yordam berdi.

Braziliyalik futbolchi seshanba kuni «Etihad» stadionida dubl qayd etib, «qaymoqranglilar»ga g'alaba keltirdi (2:1). 25 yoshli hujumchi «Real» safida Chempionlar ligasi pley-off bosqichida urilgan gollar soni bo'yicha tarixdagi uchinchi o'rinni egallab turibdi (16 ta gol). U faqat Krishtianu Ronaldu (50) va Karim Benzemadan (33) ortda qolmoqda. Reytingda afsonaviy sobiq hujumchi Raul (15) ortda qoldirildi.

Chempionlar ligasi chorak finalida Alvaro Arbeloa jamoasi «Bavariya» bilan to'qnash keladi — bahslar 7 va 15 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Vinisius Junior 2018 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ