logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Senegal sardoridan keskin javob: «Kubok sovg'a emas, biz uni maydonda qo'lga kiritdik»

 20 MART, 2026, 09:06

Senegal terma jamoasi sardori Kalidu Kulibali Afrika futbolida sodir bo'layotgan voqealarga, xususan, Marokashning «parda ortidagi intrigalar» natijasida Afrika Kubogida g'olib deb topilganiga nisbatan o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Senegal terma jamoasi final uchrashuvini o'ta asabiy va mojaroli muhitda, Marokashning g'alabasini istagan har tomonlama kuchli bosim ostida yutgan edi, chunki bu turnir marokashliklar uchun o'z uylarida o'tgan edi.

«Bu sovrin — sovg'a emas, bu muvaffaqiyatdir. Ular unga qarab qo'yishlari mumkin, xolos. Biroq kubok shu erda, Senegalda qoladi va hech qaerga ketmaydi», — deya Kulibalining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

«Al-Hilol» klubi o'yinchisi Senegal terma jamoasi futbolchilariga va ularning ko'rsatgan natijalariga nisbatan hurmat saqlashga chaqirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ