logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» va «Chelsi» «Barselona»ning tovon puli 500 mln evro bo'lgan futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

 20 MART, 2026, 08:42

«Manchester Siti», «Chelsi», «Arsenal» va «Bavariya» klublari «Barselona»ning markaziy himoyachisi Pau Kubarsiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, hozircha klublar va Kubarsi o'rtasida rasmiy yoki norasmiy aloqalar bo'lmagan, ammo yaqin vaqt ichida bunday muloqotlar yuz berishi mumkin. Ta'kidlanishicha, 19 yoshli himoyachining shartnomasida 500 mln evro miqdorida tovon puli belgilangan.

Joriy mavsumda Kubarsi barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 80 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ