logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dide Desham Mbappening terma jamoaga chaqirilishi sababini tushuntirdi

 20 MART, 2026, 08:30

Frantsiya terma jamoasi ustozi Dide Desham Kilian Mbappeni Braziliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga chaqirgani sabablarini izohlab berdi. Deshamning so'zlariga ko'ra, o'yinlarning maqomidan qat'i nazar, jamoa uchun etakchining borligi muhim ahamiyatga ega.

«Uni marketing yoki suratlarga tushish uchun taklif qilayotganim haqidagi gaplar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. U bizga maydonda kerak. Qolaversa, uning o'zi ham terma jamoa safida o'ynashni istaydi», — deya Deshamning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi amaldagi jahon vitse-chempioni hisoblanadi. Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionati finalida frantsuzlar aynan Kilian Mbappe tomonidan amalga oshirilgan xet-trikka qaramay, argentinaliklarga imkoniyatni boy berishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ