logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UEFA o'yinlarni telekanallarsiz, to'g'ridan-to'g'ri namoyish etishni rejalashtirmoqda

 19 MART, 2026, 23:00

UEFA Chempionlar ligasi o'yinlarini telekanallar ishtirokisiz, to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish imkonini beruvchi shaxsiy onlayn-servisini ishga tushirmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Hozircha loyiha boshlang'ich bosqichda turibdi. Uni Evropa klublar o'rtasidagi turnirlarining tijoriy huquqlari uchun mas'ul bo'lgan UC3 kompaniyasi boshqarmoqda. Rejaga ko'ra, ushbu servis Osiyo mamlakatlarida, katta ehtimol bilan, translyatsiya huquqlari hali to'liq taqsimlanmagan Hindiston yoki Indoneziyada sinovdan o'tkaziladi.

Hozirgi vaqtda efirlarga kirish pullik, qisman pullik yoki bepul bo'lishi noma'lum. Ushbu servisni yaratishdan ko'zlangan asosiy g'oya — to'g'ridan-to'g'ri muxlislardan ko'proq daromad olish, o'yinlar namoyishini yaxshiroq nazorat qilish, shuningdek, hozircha daromad yuqori bo'lmagan bozorlarni rivojlantirishdan iborat.

Striming servisi 2027 yildan boshlab ishga tushirilishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ