Ispan klublari inglizlarni pley-offdan chiqarib yuborish bo'yicha «ustasi farang»
19 MART, 2026, 22:48
So'nggi ikkita Chempionlar ligasi mavsumida Ispaniya jamoalari pley-off bosqichidagi ingliz klublari bilan bahslarning aksariyatida g'alaba qozonishdi.
Joriy mavsumning 1/8 finalida «Real» ikki bor «Manchester Siti» ustidan zafar quchdi, «Atletiko» «Tottenxem»ni musobaqadan chiqarib yubordi, «Barselona» esa «Nyukasl» to'sig'idan o'tdi.
O'tgan mavsumda «Real» «Man Siti»ni mag'lub etgan bo'lsa-da, «Arsenal»ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi. 2024 yilda ham «qaymoqranglilar» «shaharliklar»dan ustun kelishgandi.
Umuman olganda, Ispaniya va Angliya klublari Chempionlar ligasi hamda Evropa chempionlar kubogi pley-offlarida jami 67 marta to'qnash kelishgan. Hisob La Liga foydasiga 41:26 ko'rinishida.
