logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tibo Kurtua jarohatidan so'ng bayonot berdi

 19 MART, 2026, 22:42

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua olgan jarohatidan so'ng bayonot bilan chiqdi. Avvalroq Madrid klubi belgiyalik posbonning jarohati borasida rasmiy ma'lumot bergan edi. Matbuotda yozilishicha, Kurtuaning tiklanishi uchun taxminan bir yarim oy vaqt talab etiladi.

«Safga qaytish va yana jamoaga yordam berish uchun allaqachon tiklanish jarayoni ustida ishlayapman», — deb yozdi Kurtua ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

«Real» navbatdagi uchrashuvini yakshanba kuni, 22 martda o'tkazadi. Shu kuni Alvaro Arbeloa jamoasini «Atletiko»ga qarshi Madrid derbisi kutmoqda. Jamoalar «Santyago Bernabeu» stadionida bahs olib borishadi.

Hozirda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ