Desham Kolumbiya va Braziliya bilan o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi
19 MART, 2026, 21:54
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham mart oyidagi uchrashuvlar uchun jamoa tarkibini ochiqladi. Frantsiyaliklar 26 va 29 mart kunlari Braziliya hamda Kolumbiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadilar.
Qaydnomaga quyidagi futbolchilar kiritildi:
Darvozabonlar: Lyuka Shevale («PSJ»), Mayk Menyan («Milan»), Bris Samba («Renn»).
Himoyachilar: Lyuka Din («Aston Villa»), Malo Gyusto («Chelsi»), Lyuka Ernandes («PSJ»), Teo Ernandes («Al-Hilol»), Per Kalulu («Yuventus»), Ibraima Konate («Liverpul»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»).
Yarim himoyachilar: Eduardo Kamavinga, Orelen Tchuameni (ikkalasi ham – «Real»), Ngolo Kante («Fenerbaxche»), Klaudio Kone («Roma»), Adrien Rabo («Milan»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»).
Hujumchilar: Magn Akliush («Monako»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Usman Dembele, Dezire Due (ikkalasi ham – «PSJ»), Yugo Ekitike («Liverpul»), Randal Kolo-Muani («Tottenxem»), Kilian Mbappe («Real»), Maykl Olise («Bavariya»), Markus Tyuram («Inter»).
