logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superliga. «Andijon» - «Mash'al» o'yinida ro'y bergan bahsli vaziyatga izoh berildi

 19 MART, 2026, 21:42

Superliga 4-tur doirasida «Andijon» va «Mash'al» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Mazkur epizodda «Mash'al» jamoasi futbolchisi tomonidan qo'pol o'yin namoyish etilib, «Andijon» futbolchisining bosh qismiga kuchli zarba berilgan. Natijada futbolchining peshona qismida jiddiy jarohat yuzaga kelgan.

Uchrashuv bosh hakami dastlab vaziyatni baholab qaror qabul qilgan. Shundan so'ng VAR tomonidan epizod qayta ko'rib chiqish uchun tavsiya etilgan.

Video takrorlar asosida vaziyat yana bir bor tahlil qilinib, bosh hakam o'z qarorida qolgan holda futbolchiga qizil kartochka ko'rsatgan.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ