logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kurtuaning tibbiy ko'rik natijalari ma'lum

 19 MART, 2026, 17:48

«Real» o'z rasmiy saytida asosiy darvozaboni Tibo Kurtuaning jarohati haqida ma'lumot e'lon qildi. Payshanba kuni belgiliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tekshiruvlar natijasida Kurtuaning o'ng son kvadratsips mushagi shikastlangani aniqlandi.

33 yoshli Kurtua 1-1,5 oyni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Xabarda tajribali posbonning holati doimiy nazorat qilib borilishi ko'rsatib o'tilgan.

Eslatib o'tamiz, seshanba kuni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o'yinning tanaffus vaqtida almashtirilgan edi. Ikkinchi bo'limda «Real»ning ikkinchi darvozaboni — Andrey Lunin harakat qildi.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 22 mart kuni «Atletiko»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ