logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Galatasaroy» yulduzi reklama banneri sabab barmog'idan ayrilgan bo'lishi mumkin

 19 MART, 2026, 17:48

Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi kechgan so'nggi bahsda «Galatasaroy» qanot hujumchisi Noa Lang reklama shiti (banneri) bilan to'qnashuv natijasida og'ir jarohat oldi — futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishdi.

Turkiya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Lang o'yindan so'ng darhol shifoxonaga etkazilgan va u erda futbolchining o'ng qo'l bosh barmog'i qattiq kesilgani tashxisi qo'yilgan.

Biroq, turkiyalik jurnalist Mustafa Mandevning ma'lum qilishicha, niderlandiyalik vingerning barmog'i reklama shitlari orasida qolib ketgan va barmoqning bir qismi uzilib ketgan.

Joriy mavsumda Noa Lang barcha musobaqalarda jami 38 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ