logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Viktor Osimxen jarrohlik amaliyotini o'tkazadi: «Galatasaroy» to'purari «Liverpul» bilan o'yinda og'ir jarohat oldi

 19 MART, 2026, 17:00

«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen jarrohlik amaliyotini o'tkazadi. Chempionlar ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan bahsda nigeriyalik futbolchining qo'li singan.

Osimxenga jarrohlik aralashuvi zarurligi haqida taniqli jurnalist Yag'iz Sabunjuog'lu ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Osimxen jami 29 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 19 ta gol va ettita golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan edi.

Ta'kidlash joizki, «Galatasaroy» ayni damda Turkiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Arslonlar» bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan holda, ta'qibchilari — «Fenerbaxche» va «Trabzonspor»dan to'rt ochko oldinda bormoqdalar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ