logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barsa" muxlislari bu xabardan xursand bo'lishadi

 19 MART, 2026, 16:36

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya Chempionlar ligasi doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi bahsning ikkinchi bo'limida o'zida noqulaylik his qildi. Natijada Garsiya zaxiraga olindi va uning o'rniga shoshilinch ravishda Voytsex Shesni maydonga tushdi.

Ertasi kuni ertalab Garsiya tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tekshiruvlar natijasida Joanda hech qanday jarohat yo'qligi ma'lum bo'ldi. Asosiy darvozabon jamoaning navbatdagi o'yinida ishtirok eta oladi. Bu haqda «Barselona» klubi rasmiy saytida xabar berildi.

2025/2026 yilgi mavsumning 35 ta o'yinida Joan Garsiya o'z darvozasidan 35 ta to'p olib chiqqan.

Ta'kidlash joizki, «Barselona» navbatdagi uchrashuvini yakshanba kuni, 22 mart sanasida Ispaniya chempionati doirasida o'z maydonida «Rayo Valekano»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ