Erkin kurashchi Mirzo Hayitov PWL 11 turnirida rossiyalik raqib bilan jang qiladi
19 MART, 2026, 14:48
27 mart kuni Toshkentdagi "Humo Arena" inshootida sport kurashlari bo'yicha PWL 11 turniri bo'lib o'tadi.Musobaqa doirasida o'zbekistonlik erkin kurash ustasi Mirzo Hayitov Rossiya vakili Inalbek SHerievga qarshi gilamga chiqadi.
Bellashuv 74 kg vazn toifasida tashkillashtiriladi.
Malumot uchun, Inalbek SHeriev Jahon chempionatining bronza medali sohibi hisoblanadi.
PWL 11 turnirida Hayitovdan tashqari, Razambek Jamalov, Aytjan Xalmaxanov, Umidjon Jalolov, Alisher G'aniev kabi kurashchilarimiz bahs olib borishadi.

Manba: olamsport.com
