Joan Garsiyaning jarohati tafsilotlari ma'lum bo'ldi
19 MART, 2026, 13:18
«Barselona» darvozaboni Joan Garsiyaning jarohati qay darajada ekanligi ma'lum bo'ldi.
Posbon Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi javob uchrashuvining (7:2, birinchi o'yin – 1:1) yakuniy daqiqalarida oyog'idan jarohat olgan edi.
As nashri jurnalisti Xavi Migel bergan ma'lumotga ko'ra, Garsiyaning chap boldir mushagida kichik yirtilish kuzatilgan. Shu sababli u 2-3 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
